“Tandircha” investitsion blokida joylashgan “Alachagiquduq” konining 3-sonli baholovchi-ekspluatatsion qudug‘ida muhim texnologik bosqich muvaffaqiyatli yakunlandi.
“Tandircha” investitsion blokida “Alachagiquduq” konining 3-sonli baholovchi-ekspluatatsion qudug‘ida quduq qurilishining navbatdagi muhim texnologik bosqichi barcha belgilangan me’yorlar va texnologik intizom talablari to‘liq rioya etilgan holda muvaffaqiyatli yakunlandi.
Xususan, burg‘ilash ishlari jarayonida:
Ø426 mm diametrli obsadka kolonnalari 103 metr chuqurlikkacha tushirildi,
Ø324 mm — 1035 metr chuqurlikkacha tushirildi,
Ø244,5 mm — 3145 metr chuqurlikkacha tushirildi,
Ø193 mm — 3520 metr chuqurlikkacha tushirildi,
va sementlash ishlari to‘liq hajmda va texnologik reglamentlarga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirildi.
Ushbu bosqichning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi quduq stvoli barqarorligini ta’minladi, uning konstruktiv ishonchliligini oshirdi hamda burg‘ilash ishlarini xavfsiz va uzluksiz davom ettirish uchun mustahkam texnologik asos yaratdi.
Hozirgi vaqtda Ø140 mm diametrli ekspluatatsion kolonna ostida quduqni 4100 metr loyihaviy chuqurlikkacha burg‘ilashning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, barcha ishlar faqat kompaniyaning o‘z kuchi va mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Jarayonda modernizatsiya qilingan burg‘ilash uskunalari, korxonaning ishlab chiqarish infratuzilmasi hamda yuqori malakali muhandis-texnik xodimlar jalb etilgan.
2023–2024 yillarda modernizatsiya va kapital ta’mirdan o‘tkazilgan burg‘ilash qurilmalari hozirgi kunda ishlab chiqarish jarayonlarida samarali qo‘llanilmoqda. Bu texnik salohiyatni tiklash, resurslardan oqilona foydalanish hamda korxonaning ishlab chiqarish mustaqilligini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlarning yaqqol natijasidir.
Quduq burg‘ilash ishlari 2025 yilda boshlangan bo‘lib, boshlang‘anidan buyon belgilangan texnologik parametrlar va talablar qat’iy rioya etilgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ishlar yakunlangach, sutkasiga 300 ming kub metr tabiiy gaz qazib olish darajasiga erishilishi kutilmoqda, bu esa ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirish hamda korxonaning umumiy ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash imkonini beradi.
Erishilgan natijalar yoqilg‘i-energetika majmuasini barqaror rivojlantirish, ichki resurslardan oqilona foydalanish hamda mamlakat sanoat salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini amaliy jihatdan tasdiqlaydi.